STEAM ta’lim

STEAM taʼlimi amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash tushuniladi.

Bosh sahifa Steam Ta'lim

Image

STEAM ta’lim

STEAM taʼlim texnologiyasi maktab oʻquvchilarini yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U oʻquvchilarni bir vaqtning oʻzida toʻrtta – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir.

STEAM taʼlimi amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash tushuniladi.

10055


Image


Prezident maktablarida “STEAM” taʼlim dasturi asosida oʻqish tashkil qilinishi, 9-11-sinflarda oʻquvchilar oʻzlarining qiziqishiga qarab ayrim fanlarni tanlash orqali individual bilim olish imkoniyatiga ham ega boʻlishi bilan umumtaʼlim maktablaridan tubdan farq qiladi. Chunki Prezident maktablarining asosiy vazifalaridan biri – tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻqitish, oʻquvchilarning innovatsion bilimlarni oʻzlashtirishi, ularning intellektual, ilmiy-ijodiy salohiyatlarini ochib berish va rivojlantirishdan iborat.

11001


Image


STEAM yondashuviga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari Cambridge University Press shu jumladan Oxford University Press va Collins kabi nufuzli nashriyotlar tomonidan chop etilgan. Cambridge taklif qilayotgan oʻquv dasturining asosiy afzalligi jahon mehnat bozoridagi tamoyillardan kelib chiqib, oʻquvchilarda tegishli zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga urgʻu berishdir.

12005


Image


Oʻquvchilarga mazkur fanlarni oʻqitishda malakali mahalliy oʻqituvchilar bilan bir qatorda, xorijlik oʻqituvchilar ham hamkorlikda saboq beradilar. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga yollashda mazkur yoʻnalishda koʻp yillik tajribaga ega “Teachaway” (Kanada) va “TIC Recruitment” (Buyuk Britaniya) rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.

15155


Image


9-11-sinf oʻquvchilarining qiziqishlari va xususiyatlariga qarab, Prezident maktabida taʼlim oʻquv jarayonini individualizatsiya qilingan holda olib boriladi.

Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro nufuzli oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik koʻrishadi.

16010


Maqsadimiz

«Millatning xalqaro olimpiadalarda, tanlovlarda g‘olib bo‘ladigan va dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kira oladigan kelajakdagi yetakchilarini, o‘quvchilarini tayyorlash. Biz jahon maydonida raqobatbardosh bo‘la oladigan yetakchilarni tarbiyalaymiz».

Asosiy vazifalarimiz

«Iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va oʻqitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek oʻquvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish».

Ustuvor yo‘nalishlarimiz

«Tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻrganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishni tashkil qilish, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish».