Qabul tizimi

Qabul tartibiga qatiy rioya qiling!

Bosh sahifa Qabul
Image

Qabul tizimi

Prezident maktabiga respublika umumta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasidan iste’dodli va iqtidorli bolalar tanlov asosida qabul qilinadi. Prezident maktabi faoliyatining birinchi yilida o‘quvchilar istisno tariqasida 6–10-sinflarga ham qabul qilindi.

  1. Kirish sinovlari bir necha bosqichda amalga oshirilishi mumkin.
  2. O‘qishga qabul qilish Qabul to‘g‘risidagi nizom asosida, tenghuquqlilik tamoyillariga asoslangan holda, qabul va tanlovning yagona talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda kirish sinovlari natijalari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar qabul qilinadi.
  3. O‘quvchilarni ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birgalikda o‘tkaziladigan kirish testlari natijalari asosida o‘qishga qabul qilinadi.
  4. Kirish imtihonlarini o‘tkazishda qonuniylik, tenglik va ochiqlik tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Cambridge Assessment mutaxassislari taklif etiladi.
Image

Yangi 2020-2021 o'quv yili uchun qabul

  1. 2020 – 2021 yillarda Prezident maktablari reja asosida yurtimizning Buhoro, Samarqand, Jizzah, Far’gona va Qashqadaryo viloyatlarida ochilishi kutilmoqda.
  2. 2020 – 2021 yangi oʻquv yili uchun hujjat topshirish tartibi va qabul talablari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot tez kunlarda eʼlon qilinadi.

Maqsadimiz

«Millatning xalqaro olimpiadalarda, tanlovlarda g‘olib bo‘ladigan va dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kira oladigan kelajakdagi yetakchilarini, o‘quvchilarini tayyorlash. Biz jahon maydonida raqobatbardosh bo‘la oladigan yetakchilarni tarbiyalaymiz».

Asosiy vazifalarimiz

«Iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va oʻqitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek oʻquvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish».

Ustuvor yo‘nalishlarimiz

«Tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻrganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishni tashkil qilish, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish».