O‘quv tizimi

Prezident maktabning o'quv tizimi Cambridge Assasesment Tashkiloti bilan birgalikda ishlab chiqilgan

Bosh sahifa Ta'lim

Prezident maktabi internat shaklidagi davlat taʼlim muassasasi hisoblanib, oʻquvchilar haftaning besh kuni (dushanba-juma) maktab hududida qolib oʻqishlari talab etiladi, dam olish kunlari esa ota-onalar farzandlarini uyga olib ketishlari mumkin.

Bunday tizim bolalarga yaratilgan rivojlanish muhitida doimiy ravishda bo’lish imkonini bergani sababli, ta’limning eng samarali shakillaridan biri hisoblanadi. Bunday sharoitda bolalar o‘z iste’dodlari va qobiliyatlarini maksimal darajada oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Maqsadimiz

«Millatning xalqaro olimpiadalarda, tanlovlarda g‘olib bo‘ladigan va dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kira oladigan kelajakdagi yetakchilarini, o‘quvchilarini tayyorlash. Biz jahon maydonida raqobatbardosh bo‘la oladigan yetakchilarni tarbiyalaymiz».

Asosiy vazifalarimiz

«Iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va oʻqitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek oʻquvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish».

Ustuvor yo‘nalishlarimiz

«Tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻrganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishni tashkil qilish, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish».