Prezident maktabi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasasi hisoblanib, uning faoliyati yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitishni ta’minlashga qaratilgan. 2019-yilda Prezident maktab-internatlarini Toshkent, Xiva, Nukus va Namanganda ochildi.
14 ta Prezident maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi «Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4199-qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil qilinadi.
Prezident maktablarida bepul umumiy oʻrta taʼlim beriladi. Prezident maktablarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitish tizimini shakllantirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash kafolatlarini ta’minlashdan iborat.
Toshkent Shahridagi Prezident maktabi hayotidagi yangiliklardan habardor bo'lish uchun elektron pochtangizni kiriting.